Jahon | 10:17 / 22.02.2018
5536
1 daqiqa o‘qiladi

OAV AQShning Chernogoriyadagi elchixonasi binosiga hujum haqida xabar berdi

Foto: Reuters

Noma'lum erkak AQShning Chernogoriyadagi elchixonasi binosiga bir nechta granatani otdi. Bu haqda Daily Express gazetasi manbalarga asosan xabar bermoqda.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng erkak o‘z joniga qasd qilgan.

Mahalliy portalanalitika.me resursining guvohlarga tayangan holda yozishicha, noma'lum shaxs aniqlanmagan portlovchi qurilmani elchixona binosiga qarata otgan, so‘ng voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelgan.

Shu bilan birga, AQSh elchixonasi o‘z saytida amerikaliklardan diplomatik missiya tumaniga maxsus amaliyot tufayli kelmaslikni so‘ragan. Xabarda hodisa tafsilotlari keltirilmadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid