Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon davlat chegarasida Eronga chiqib ketmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
Foto: Ozarboyjon davlat chegarasi matbuot xizmati
Ozarboyjonlik chegarachilar 17 fevral kuni O‘zbekistondan bo‘lgan besh ayol va Qirg‘izistondan bo‘lgan bir ayolni qo‘lga olishdi. Ular qo‘shni Eronga yashirin yo‘llar bilan o‘tishga harakat qilishgan, deya xabar beriladi Ozarboyjon davlat chegara xizmati saytida.
Chegara xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 16-17 fevral kunlari o‘tkazilgan reyd davomida Ozarboyjondan yirik partiyadagi alkogol mahsulotini dengiz yo‘li bilan kontrabanda sifatida olib chiqib ketishga bo‘lgan urinish bartaraf etilgan.
«17 fevral kuni Fizulin tumanining Kerimbeyli qishlog‘ida joylashgan chegara zastavasi xizmat uchastkasida Eronga yo‘l olayotgan shaxslar izi aniqlandi. Ko‘rilgan tezkor choralar tufayli besh nafar qonunbuzar ushlandi – O‘zbekistonning to‘rt fuqarosi va Ozarboyjonning bir fuqarosi. U noqonuniy migrantlarga Eronga yo‘l olishda hamrohlik qilgan», - deyiladi xabarda.
O‘sha kuni Yardim tumanining Deman qishlog‘i hududida chegara otryadi xodimlari tomonidan yana ikki nafar noqonuniy migrant ushlangan – o‘zbekistonlik bir ayol va qirg‘izistonlik ayol. Ular ham Eronga yo‘l olishayotgan bo‘lgan.
Ayni damda jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi, tergov olib borilmoqda, deb xabar berdi Ozarboyjon chegara mahkamasi.
Mavzuga oid
16:57
“AQShning Eronga dushmanligi eng avj nuqtasiga chiqdi” – Eronning O‘zbekistondagi elchisi bilan suhbat
14:41
OAV: AQSh aviatashuvchi guruhini Yaqin Sharqqa yo‘naltirdi
09:09
“Eronda 800 ta qatl to‘xtatildi”: Oq uy Trampning bayonotini izohladi
21:04 / 15.01.2026