Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilda Rossiyaga ishlash uchun yo‘llanuvchilar soni haqida ma'lumot berildi
Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi
O‘zbekiston o‘zining 50 ming ishchi kuchini Rossiyaga rasman yo‘llashni rejalashtirmoqda. 23 fevral kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining matbuot anjumanida shu haqida xabar berildi.
Tadbirda ma'lum qilinishicha, ishchilar Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali rasman Rossiya Federatsiyasiga yo‘llanadi. Ta'kidlash joizki, 2017 yilda 922 nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaga ishlash uchun ketgan.
Agentlik vakillarining KUN.UZ'ga ma'lum qilishicha, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi bilan yo‘l xaritalari tuzilgan. Rossiya bo‘yicha respublikada bitta markaz bo‘lib, da'vogarlarni u yerga jo‘natishdan oldin ular migratsion bilimlari oshirilib, imtihon olinib (rus tili, qonunchilik va Rossiya tarixi), sog‘lig‘i va hayoti sug‘urta qilinadi - bu alohida talab.
"Rostrud" bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, "Rabota v Rossii" saytida vakansiyalar va nomzodlarga qo‘yilgan talablar bilan tanishib chiqish, kerak bo‘lsa, birlamchi shartnoma tuzish imkoni mavjud. Maqsad: ishchilarimiz Rossiyaga borganida qo‘lida tibbiy guvohnomasi va barcha zarur hujjatlari bo‘lishi kerakligi.
Bundan tashqari, tashqi migratsiya agentligi vakillaridan birining ma'lum qilishicha, Rossiyaning yetti hududida agentlik vakolatxonalari ochiladi. Birinchisi 2018 yilda Moskvada ochilsa, keyinchalik Sankt-Peterburg, Rostov, Novosibirsk kabi qator shaharlarda ham Tashqi mehnat migratsiya agentligi vakolatxonalari xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
22:48 / 17.02.2026
Ukrainadagi mehnat migrantlari orasida o‘zbekistonliklar ko‘pligi ma’lum bo‘ldi
17:31 / 17.02.2026
BMT: Rossiya zarbalari Ukrainadan qochqinlarning yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin
14:37 / 17.02.2026
Kreml: Jyenevadagi Rossiya delegatsiyasi tarkibi kengaytiriladi
14:08 / 17.02.2026