Jahon | 13:21 / 23.02.2018
8370
2 daqiqa o‘qiladi

IShID terrorchilari Iroq va Suriyadan kamida 400 mln dollar olib chiqib ketgan

Foto: Zuma/TASS

IShID terrorchilik guruhi Iroq va Suriyadan tor-mor keltirilganidan so‘ng kamida 400 mln dollar olib chiqib ketgan. Bu haqda Britaniyaning The Economist jurnali Iroq parlamenti deputatiga asosan xabar bermoqda.

Jurnalning qo‘shimcha qilishicha, terrorchilar vositachilar orqali Iroqda turli korxonalarni sotib olish orqali ham pul yuvishgan. Jurnalning turk terrorchilikka qarshi tuzilmalardagi manbalari fikriga ko‘ra, IShID Turkiyada yirik miqdorda tillani joylashtirgan va “uyqudagi yacheykalar” (vaqtinchalik nofaol, biroq bo‘lajak amaliyotlar uchun tayyor bo‘lgan)ni qo‘llab-quvvatlamoqda. Terrorchilar Turkiya, Yevropa, Livan va Fors ko‘rfazi davlatlarida vositachilar orqali pul o‘tkazmalarining norasmiy tarmog‘ini yaratishdi hamda undan foydalanishmoqda.

The Economist’ning qo‘shimcha qilishicha, IShID odamlarni pul talab qilish uchun o‘g‘irlash, talonchilik, musodara qilish va egallab olingan hududni talash hamda neft bilan noqonuniy savdo qilish orqali yirik moliyani jamg‘argan bo‘lishi mumkin. 

The Guardian gazetasi xabariga ko‘ra, 2016 yilning yanvarida AQSh boshchiligidagi koalitsiya vakili Mo‘suldagi amaliyot davomida IShIDning moliyaviy infratuzilmasi obektini bombardimon qilish chog‘ida “millionlab dollar” yo‘q qilingani haqida ma'lum qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid