Shahrixon tumanida sog‘liqni saqlash sohasiga 32 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli “O‘zbekiston Respublikasining
2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2018 yil 10 yanvar kuni tasdiqlangan qo‘shma qaroriga asosan Andijon viloyati Shahrixon tumanida tibbiyot birlashmasini rivojlantirish maqsadida 2018 yilda tibbiyot muassasalariga jami 31 mlrd 720 mln 155 ming so‘m mablag‘lar ajratildi. Shundan 1-guruh hamda ularga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun 21 mlrd 330 mln 584 ming so‘m, 2-guruh xarajatlari uchun 5 mlrd 279 mln 320 ming so‘m, 4-guruh xarajatlari uchun 5 mlrd 110 mln 251 ming so‘m rejalashtirilmoqda.
Shu jumladan, Tibbiyot birlashmasida moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasini shaklantirish uchun ko‘zda tutilgan byudjyet mablag‘larining dastlabki hisob-kitobi 746 mln 570 ming so‘mni tashkil etmoqda.
2018 yilda sog‘liqni saqlash muassasalariga dori-darmon va tibbiy buyumlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish xarajatlariga bitta koyka o‘rin kun hisobidan kelib chiqib, quyidagicha mablag‘lar rejalashtirilmoqda. Tibbiyot birlashmalari bo‘limlariga oziq-ovqat mahsulotlari sotib olishga o‘rtacha bir o‘rin uchun kuniga 3131 so‘mdan jami 1 mln 643 ming 775 so‘m, dori-darmon xarajatlariga 2 mln 424 ming 956 so‘m, tug‘uruqqa kelgan ayollar uchun o‘rtacha bir o‘rin uchun kuniga 14496 so‘mdan, shoshilinch tez yordam bo‘limiga har bir bemor uchun 17565 so‘mdan, qolgan bo‘limlarga har bir bemor uchun 8544 so‘mdan, bundan tashqari KTMP poliklinikalarga o‘rtacha 1 kishiga kuniga 4138 so‘mdan, QOPlar va QVPlarga har bir bemor uchun kuniga 3135 so‘mdan, tez yordam xizmatiga dori-darmon va tibbiy buyumlar sotib olish xarajatlariga o‘rtacha bir har bir chaqiruvga 5000 so‘mdan mablag‘lar rejalashtirilgan.
Joriy ta'mirlash va asosiy vositalar sotib olish xarajatlariga tuman mahalliy byudjyetidan ambulator muassasalarga 165 mln 547 ming so‘m, asosiy vositalar sotib olishga 82 mln. 763 ming so‘m, statsionar muassasalarda fond soniga nisbatan joriy ta'mirlashga 79 mln 8000 ming so‘m, asosiy vositalar sotib olishga 156 mln 100 ming so‘m rejalashtirildi, shundan tumandagi 299 nafar patronaj hamshiralarga sumka va fanendoskop va tanometr sotib olishga 59 mln 800 ming so‘m mablag‘lar rejalashtirildi.
Bundan tashqari, 2018 yilda tuman mahalliy byudjyeti zaxira jamg‘armasidan A.Navoiy qishloq vrachlik punktini kapital ta'mirlashga 200 mln so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2857 sonli qarorida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida, mahalliy byudjyet mablag‘lari hisobidan 116 mln 610 ming so‘m mablag‘ ajratilib, Shahrixon tuman Tibbiyot birlashmasida ishlovchi 299 nafar patronaj hamshiralarning aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida tuman hokimi Hikmatillo Dadaxonov rahbarligida 13 fevral kuni tumandagi Madaniyat va aholi dam olish markazi katta zalida har bir hamshiraga barcha zarur tibbiy vositalar bilan jihozlangan patronaj sumkalari tarqatildi.
Mavzuga oid
20:10 / 28.01.2024
Andijonda yonib ketgan bozor o‘rnida uy-joy qurilishi haqidagi mish-mishlar rad etildi
01:13 / 26.01.2024
Andijonda buyum bozori yonib ketdi
00:35 / 15.04.2023
Shahrixonda ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o‘rtasida nizo kelib chiqdi
12:47 / 10.01.2023