Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti Alisher Sultonovni qabul qildi
Foto: Sputnik
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov va Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Askar Maminni qabul qildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Ushbu davlat rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari “Turkmaniston – Afg‘oniston – Pokiston – Hindiston”(TAPI) gaz quvurining ikkinchi bosqichi ishga tushirilishi, “Turkmaniston – Afg‘oniston – Pokiston” elektr uzatish va optik-tolali aloqa liniyalariga poydevor qo‘yish munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirlarda hamda “Serxetabat – Turgundi” temir yo‘lining ochilish marosimida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan.
Turkmaniston prezidentining O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ijobiy tajriba hamda ikki xalqning tarixiy, madaniy va ma'naviy birligi asosiga qurilgan istiqbolli hamkorlik bo‘yicha fikr almashildi.
A. Sultonov ushbu tadbirlar ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tar ekan, mazkur tarixiy voqealar mintaqadagi barcha davlatlar uchun yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini, do‘stona rivojlanish, o‘zaro foydali va teng huquqli hamkorlikni mustahkamlashda yangi bosqichga aylanishini ta'kidlab o‘tdi.
Turkmaniston rahbari G. Berdimuhamedov A. Mamin bilan suhbati doirasida Turkmaniston – Qozog‘iston hamkorligini rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritildi.
A.Mamin bunday transmilliy loyihalarning amalga oshirilishi Osiy mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga kuchli turtki berib, davlatlararo aloqalarni kengaytirishga xizmat qilishini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026
Erondagi o‘zbekistonliklarga Turkmaniston orqali chiqishga ko‘maklashiladi
22:48 / 15.02.2026