Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTda Suriyadagi gumanitar tanaffus bo‘yicha rezolyutsiya yuzasidan qachon ovoz berilishi ma'lum
BMT Xavfsizlik kengashining Sharqiy Gutada gumanitar tanaffusni darhol boshlash to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasi bo‘yicha ovoz berish jarayoni 24 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00da boshlanadi. Unda gumanitar tanaffus kamida 30 kun davom etishi belgilab qo‘yilgan. Bu haqda «Interfaks» BMT qarorgohidagi diplomatlarga asosan xabar bermoqda.
«Ovoz berish jarayoni 24 fevral kuni soat 12:00da (Toshkent vaqti bilan 22:00 – tah.) boshlanadi», - deya ma'lum qilishgan Rossiyaning tashkilotdagi doimiy vakolatxonasidan.
Ta'kidlanishicha, rezolyutsiya loyihasini ishlab chiqishda qatnashgan Kuvaytning BMTdagi doimiy vakili Mansur Al-Otaybi ham bu ma'lumotni tasdiqladi. Loyihaga ko‘ra, jangovar harakatlarning 30 kunga to‘xtatilishi BMTga insonparvarlik yordami olib kirish hamda tinch aholi vakillarini xavfsiz joyga ko‘chirish imkonini berishi lozim.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
11:23 / 08.07.2026
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026