Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pxenyanga qarshi sanksiyalar ish bermasa, AQSh butun dunyo uchun fojiali “ikkinchi bosqich”ga o‘tadi – Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp agar Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar natija bermasa, AQSh butun dunyo uchun fojiali bo‘ladigan “ikkinchi bosqich”ga o‘tadi, deb ma'lum qildi.
“Ko‘ramiz. Men aynan shunday yo‘l tutgan bo‘lardim, deb o‘ylamayman, biroq sanksiyalar naf bermasa, unda ikkinchi bosqichga o‘tishimizga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi bosqich juda keskin va butun dunyo uchun fojiala bo‘ladi. Biroq, sanksiyalar naf beradi, deb umid qilaman”, deb aytgan Tramp Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull bilan birga bergan matbuot anjumanda.
AQSh 23 fevralda Shimoliy Koreyaga qarshi uning yadro va raketa dasturlari bilan kurashish doirasida yangi sanksiyalar kiritilishini e'lon qildi. Sanktsiyalar 27 ta kemachilik va transport kompaniyasi, 28 ta kema va bir nafar jismoniy shaxsni qamrab oladi. Avvalroq brifingda AQSh ma'muriyati vakili jurnalistlarga ushbu sanksiyalar Shimoliy Koreyaga qarshi kiritilgan eng jiddiy sanksiyalar ekaini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026