Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokor boshqa hamkasbi kelguncha 8 soat davomida bemorning qon tomirini bosib turdi
Qirg‘izistonning Talas viloyatidagi shifoxonalardan birining jarrohi Bishkekdan qon tomiri jarrohi kelguncha bemorning pichoq bilan shikast yetkazilgan vena tomirini 8 soat davomida bosib turdi. Bu haqda boshqa bir jarroh Facebook’da ma'lum qilgan.
Uning aytishicha, 21 fevralda soat 20:00da shifoxonaga og‘ir ahvolda 30 yoshli erkak ko‘krak qafasidagi jarohat bilan yetkazilgan. Ma'lum qilinishicha, unga jarohat mast holatdagi mushtlashuv vaqtida yetkazilgan.
Bishkekdan sanitar aviatsiyasi orqali qon tomiri jarrohi chaqirtirilgan. Jarroh bemor oldiga 8 soat o‘tgach, ya'ni 22 fevral soat 04:00dagina yetkazilgan. Bu vaqt davomida shifoxona jarrohi bemorning qon oqayotgan tomirini bosib turgan. Bishkekdan kelgan jarroh bemorning qon tomirini tikishni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
Ayni vaqtda bemorning ahvoli barqaror deya baholanmoqda.
Mavzuga oid
20:07 / 16.07.2026
Qamchibek Tashiyev 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishdan voz kechdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026