Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada IShID qayta tiklanishiga oid xavf bor – CNN
IShID jangarilarini ommaviy qo‘lga olishlar terrorchilik tashkilotining tiklanishiga olib kelishi mumkin. Bunday xavotirlar yuqori mansabli amerikalik amaldorlar tomonidan bildirildi, deb xabar qilmoqda CNN manbalarga asosan.
O‘z nomini oshkor etishni istamagan amaldorning eslatishicha, IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy 2004 yilda Amerikaning eng yirik lagerlaridan birida saqlangan va o‘shanda boshqa mahkumlarni yollab, terrorchilik tarmog‘ini yarata boshlagan. AQSh buni payqamadi va vaqtida javob bera olmadi. «Biz yana shunday xatolarni qilmoqchi emasmiz», - dedi u.
CNN ma'lumotlariga ko‘ra, asir olingan jangarilar «Suriya demokratik kuchlari» (SDK, SDF) lagerlarida saqlanmoqda, ularning soni minglab ekani aytilmoqda, aksariyati – Suriya fuqarolari. Ularning orasida 40 mamlakatdan bo‘lgan 500 ga yaqin jangari ham bor. Bundan tashqari, bir muncha vaqt muqaddam IShIDning besh jangarisi qochishga muvaffaq bo‘ldi, bu xavfsizlikni ta'minlash bilan bog‘liq muammolardan darak beradi, deb yozadi Lenta.ru nashri.
Telekanal suhbatdoshining qayd etishicha, Pentagon va Davlat departamenti xorijlik terrorchilarni o‘z mamlakatlariga yuborish sxemasini yo‘lga qo‘yishga harakat qilmoqda. Biroq, ba'zi davlatlar bunga qarshilik ko‘rsatib, rasmiy huquqiy asoslardan foydalanmoqda.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026