22:30 / 25.02.2018
20715

Iroqda turkiyalik 16 ayol o‘lim jazosiga mahkum qilindi

Foto: Fotolia

Iroq markaziy jinoyat sudi Turkiyaning 16 ayol fuqarosini IShID terrorchilik guruhiga aloqadorliklari uchun o‘lim jazosiga mahkum qildi. 

“Iroq markaziy jinoyat sudi Turkiyaning 16 nafar fuqarosining ishini ko‘rib chiqib, ularning IShID faoliyatiga aloqadorliklarini tasdiqladi. Sud terrorchilikka qarshi kurashish qonuniga muvofiq, ayblanuvchi ayollarga  o‘lim jazosi hukmini chiqargan”, deb ma'lum qilingan sud qarorida.

Iroqning oliy sud kengashi vakili Abdul Sattor Birqadarning ta'kidlashicha, ayblanuvchilar tergov davomida Iroq hududiga IShID a'zolariga turmushga chiqish maqsadida kelishgani va ularga logistik ko‘mak ko‘rsatishganini tan olishgan. Ma'lum qilinishicha, hukm boshlang‘ich hisoblanib, u bo‘yicha appelyatsiya so‘ralishi mumkin. 

Avvalroq Bag‘dod sudi Turkiyaning bir ayol fuqarosini IShIDga aloqadorlik uchun o‘lim jazosiga mahkum qilgandi. Yana 10 turkiyalik ayol turli muddatdagi qamoq jazolariga mahkum qilinganlar. Ular Iroqqa keyinroq jangovar harakatlarda o‘lgan erlari bilan birga kelishgan. Ayollar Mo‘sul va Tel-Afarda qo‘lga olinganlar.

Mavzuga oid
Top