Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning to‘qimachilik sohasi vakillari «Istanbul Yarn Fair 2018» XV Xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida qatnashishadi
2018 yilning 14-17 aprel kunlari "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi qoshidagi To‘qimachilik mahsulotlari reklama va marketingi agentligi tomonidan Istanbul shahrida «Istanbul Yarn Fair 2018»XV Xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida yengil sanoat korxonalarining milliy stendi tashkil etiladi. Bu haqida assotsiatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur ko‘rgazma keng qamrovli bo‘lib, unda Turkiya va Yevroosiyo mintaqasining paxta, viskoza, akril, jun, polipropilen, poliamid, ipak kabi keng iplar spektori namoyish etiladi.
Ekspozitsiyaning asosiy bo‘limlari: ipning turfa turlari, tabiiy va sun'iy iplar, kiyim-kechak va to‘qimachilik mahsulotlari. Shuningdek so‘nggi 10 yilda sohada katta ahamiyat kasb etayotgan zamonaviy trendlar va eng yangi mahsulotlar, jumladan, ekologik iplar va bambuk, soya, organik paxta, ikkilamchi xomashyo tolalaridan ishlangan iplar namoyish etiladi.
Tadbir to‘qimachilik sohasida yangi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgan ishbilarmonlar bilan bir qatorda sohadagi korxonalarning rahbarlari va bosh muhandislari uchun ham qiziq bo‘ladi.
Ko‘rgazmadan maqsad - nafaqat tajriba va yangi texnologiyalar bilan almashish, balki soha ishlab chiqaruvchilvri va xaridorlar bilan o‘zaro aloqalarning o‘rnatilishi hamdir. Bu fikr almashish va eksport faoliyatini rag‘batlantirish uchun qulay fursatdir.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
13:14 / 07.06.2026