O‘zbekiston | 17:00 / 25.02.2018
40235
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Toshkent Islom madaniyati markazi uchun loyiha

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrida qad rostlashi kutilayotgan Toshkent Islom madaniyati markazi uchun tayyorlangan loyihalardan biri taqdim etildi.

Arxitektorlar Sherali Jalilov va Ulug‘bek Umarjonov tomonidan ishlab chiqilgan mazkur loyihaga ko‘ra inshoot Olmazor tumanida qad ko‘tarishi ko‘zda tutilgan. Loyihaga ko‘ra, markaz binosi Qorasaroy ko‘chasida, Hazrati Imom masjidi yoniga joylashadi.

Taklif etilgan loyiha hali tasdiqlanmagan. Loyihaning qiymati haqida hozircha ma'lumotlar berilmagan. Inshoot joylashadigan yer hududida hozirda eski turar-joylar mavjud bo‘lib, shahar va tuman hokimligi bu yerda istiqomat qiladigan 220ta xonadonga boshqa hududdan uy-joy ajratish sharti bilan jismonan va ma'nan eskirgan uylarni buzib majmuaning qurilishini boshlashi ko‘zda tutilgan.

2017 yilning 15 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonda Islom madaniyati markazi tashkil etilishi haqida gapirgan edi.

23 iyun kuni Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Avgust oyida Vazirlar Mahkamasining 2.08.2017 yildagi 572-sonli «Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistonda Islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi.

Islom madaniyati markazi binolari qurilishiga Alisher Usmonov homiylik qiladi.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid