Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik mutaxassislar eksport sohasida qonunchilikni rivojlantirishga yordam beradi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida Markaziy Osiyo bo‘yicha «Eksportni nazorat qilish va chegaralar xavfsizligi» (EXBS) dasturining mintaqaviy menejyeri Devid Sulaberidze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida eksport nazorati sohasida O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, shu jumladan eksport nazorati obektlari ro‘yxatini ishlab chiqish to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
Respublika mutaxassislarini strategik tovarlarni sotish sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar bilan tanishtirish maqsadida Amerika tomoni EXBS dasturi doirasida milliy qonunchilikni rivojlantirishga ko‘maklashadigan texnik ekspertlarni jalb etgan holda seminarlar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Ushbu taklifni o‘zbek tomoni qo‘llab-quvvatladi.
EXBS vakillariga O‘zbekistonda eksportni nazorat qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, «Eksport nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq eksportni nazorat qilish obektlarining milliy ro‘yxatini tasdiqlovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish to‘g‘risida ma'lumot berildi. Loyiha «Sanoatgeokontexnazorat» XK, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilmoqda.