09:40 / 26.02.2018
8670

«Atletiko» «Sevilya»ga 5ta gol urdi va turning boshqa natijalari

Foto: La Liga

Ispaniya chempionatida 25 fevral kuni tur o‘yinlari davom ettirildi.

«Atletiko» bu turda «Sevilya» maydoniga safar qilib, yirik hisobdagi g‘alaba bilan qaytdi — 5:2.

O‘yinning 29-daqiqasida Diyego Kosta hisobni ochdi, birinchi bo‘lim oxirida Antuan Grizmann jamoasi ustunligini oshirdi, ushbu fransuz futbolchisi ikkinchi bo‘limda penaltidan gol urib, hisobni yana oshirdi. 65-daqiqada Koke «matraschilar»ning to‘rtinchi goliga mualliflik qildi, 81-daqiqada Grizmann het-trikni rasmiylashtirdi. O‘yin oxirida mezbonlar jamoasi ikki gol bilan javob qaytarishdi — gollar Pablo Sarabiya va Nolito hisobiga yozildi.

Bu g‘alabadan keyin «Atletiko» ochkolari sonini 58taga yetkazdi va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni mustahkamladi, «Sevilya» 39 ochkosi bilan oltinchi o‘rinda qoldi.

«Valensiya» bu turda «Real Sosedad» ustidan g‘alabaga erishdi. «Mestalya» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlar jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Maydon egalari o‘yinning 34-daqiqasida Santyago Lorensoning aniq zarbasi evaziga oldinga chiqishdi. 54-daqiqada Mikel Oyarsabal hisobni tenglashtirishga erishdi. «Ko‘rshapalaklar» jamoasining g‘alaba goli 68-daqiqada urildi — Lorenso dubl qayd etdi.

Bu turda «Atletik» ko‘pchilik bo‘lib o‘ynab, «Malaga»ni yengdi. Bilbaodagi «San-Mames» stadionida kechgan uchrashuvda maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi.

O‘yin qahramoni Yussef En-Nesiri bo‘ldi, u 13-daqiqada hisobni ochgandi, ammo 68-daqiqada penaltidan gol ura olmadi, 84-daqiqada esa ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. «Sherlar» safida Markel Susayeta va Mikel San-Xose gollarga mualliflik qilishdi. 

Ayni vaqtda «Valensiya» 49 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi, «Real Sosedad» 29 ochko bilan o‘n to‘rtinchi bo‘lib turibdi.

«Atletik» hisobidagi ochkolari sonini 31taga yetkazdi va turnir jadvalida 12-o‘ringa joylashdi, «Malaga» 13 ochkosi bilan oxirgi o‘rinda qolmoqda.

«Xetafe» «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda ikki marta penaltidan gol ura olmadi. Vilyarrealdagi «Keramika — El-Madrigal» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. 

O‘yindagi yagona gol uchinchi daqiqadayoq mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilgan Yunus Unal hisobiga yozildi. Mehmonlar jamoasida gol urish uchun ikki marta o‘ta qulay vaziyat yuzaga keldi, ammo Rodriges Anxel va Xorxe Molina 11-metrlik nuqtadan «sariq submarina» darvozasini ishg‘ol eta olmadi.

Endilikda «Vilyarreal» 41 ochko bilan Primera turnir jadvalida beshinchi o‘rinda, «Xetafe» 33 ochkosi bilan 10-o‘rinni band etgan.

Ispaniya chempionati
25-tur

Sevilya – Atletiko 2:5 (0:2, 2:3)
Gollar: 0:1 – 29 Diyego Kosta, 0:2 – 42 Grizmann, 0:3 – 51, penalti Grizmann, 0:4 – 65 Koke, 0:5 – 81 Grizmann, 1:5 – 85 Sarabiya, 2:5 – 89 Nolito.
Sevilya – Riko, Navas (Layyun, 18), Merkado, Langle, Eskudero, Banega, Nzonzi, Sarabiya, Vaskes (Nolito, 70), Korrea (Ben-Yyedder, 60), Muriel.
Atletiko – Oblak, Vrsalko, Ximenes, Godin, Filipe Luis, Saul, Parti (Korrea, 64), Gabi, Koke (Vitolo, 71), Grizmann, Diyego Kosta (Gameyro, 76).
Ogohlantirishlar: Diyego Kosta (28), Korrea (32), Ximenes (47), Eskudero (68), Vaskes (70), Saul (90).

Valensiya – Real Sosedad 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 34 Santi Mina, 1:1 – 54 Oyarsabal, 2:1 – 68 Santi Mina.
Valensiya – Neto, Montoyya, Gabriel, Murilo, Gayya, Soler (Dzadza, 66), Parexo, Koklen, Gonsalu Gedesh (Ferran Torres, 73), Rodrigo (Maksimovich, 81), Santi Mina.
Real Sosedad – Ramires, Odriosola, Elustondo, Lorente, de la Belya, Ilyarramendi, Subeldiya, Surutusa (Bautista, 79), Kanales, Xuanmi (Yanuzay, 69), Oyarsabal.
Ogohlantirishlar: Xuanmi (22), de la Belya (29), Kanales (31), Rodrigo (78), Santi Mina (90).

Vilyarreal – Xetafe 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 3 Unal.
Vilyarreal – Asenxo, Rukavina, Bonera, Ruis, Kosta, Xavi Fuego, Kastilexo (Raba, 71), Trigeros (Rodri Ernandes, 57), Soriano, Bakka (Fornals, 81), Unal.
Xetafe – Guaita, Molinero, Dakonam, Bruno Gonsales, Antunesh, Fajr, Arambarri, Portilo (Ndokit, 69), Sibasaki (Molina, 46), Remi (Dediu, 69), Anxel.
Ogohlantirishlar: Ruis (13), Molinero (43), Unal (50), Soriano (52), Kastilexo (53), Antunesh (75), Fajr (78), Kosta (82).

Atletik – Malaga 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 13 En-Nesiri, 1:1 – 17 Susayeta, 2:1 – 44 San Xose.
Atletik – Arrisabalaga, De Markos, Yyeray Alvares, Martines, Inigo Lekue (Saborit, 75), Benyat (Inyaki Uilyams, 83), San Xose, Susayeta, Raul Garsiya, Kordoba (Iturraspe, 66), Aduris.
Malaga – Roberto, Rosales, Ernandes, Torres (Bueno, 82), Diyego Gonsales, Lestenn (Rolan, 58), Iturra, Gonsales (Lasen, 36), Chori Kastro, Ideyye, En-Nesiri.
Ogohlantirishlar: Martines (15), Diyego Gonsales (24), Inigo Lekue (60), De Markos (63), En-Nesiri (65), Gonsales (78).
Chetlatish: En-Nesiri (84).

Tur o‘yinlari

Foto: La Liga

Turnir jadvali

Foto: La Liga
Top