O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Xalqaro yoshlar oromgohi tashkil etiladi

Foto manba: yi.uz
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining samaradorligini oshirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, samarali o‘tkazish, ma'naviy olamini boyitish hamda dunyoqarashini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan qarorini taqdim etdi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasiga tegishli Termiz shahar, "Guliston" mahallasi, Fidokor ko‘chasi, 45-uy manzilida joylashgan bolalar oromgohi O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga shartnoma asosida tekinga foydalanish uchun beriladi.
Ushbu oromgohda har yilgi yoz mavsumi davomida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishi tashkil etiladi. Qolgan mavsumlarda oromgohda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari ishtirokida turli tadbirlar, festivallar, anjumanlar, seminar va boshqa mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Oromgohni har yili 20 mayga qadar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yoz mavsumiga tayyor holda taqdim etish kerak bo‘ladi.
Mazkur oromgohga jalb etiladigan bolalar uning atrofida joylashgan attraksionlar, yopiq suzish havzasi va sport maydonchalaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lishadi.
Surxondaryo viloyati hokimligi oromgohning yil davomida faoliyat yuritishini sifatli tashkil etish maqsadida elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv, kommunal-maishiy xizmatlar uzluksiz ravishda ko‘rsatilishini ta'minlaydi.
Qaror ijrosi Bosh vazir o‘rinbosari - moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov zimmasiga hamda Madaniyat, san'at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklandi.
Qarorning to‘liq matni bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi saytida tanishishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiya o‘zbekistonlik haydovchilar uchun mehnat bozorini ochmoqda
O‘zbekiston | 15:20
-
Probatsiyani amalga oshirishga ko‘maklashgan shaxslar rag‘batlantirilishi mumkin
O‘zbekiston | 14:52
-
Toshkentda qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 1 yoshli bolaga yordam ko‘rsatdi
O‘zbekiston | 14:51
-
Raqobat qo‘mitasi qurilishni vaqtida tugallamagan qurilish kompaniyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
O‘zbekiston | 14:42
Mavzuga oid

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025
Nega qabul komissiyasi qarorlari yopiq saqlanadi? – mas’ullar izohi

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

15:26 / 01.02.2025