12:40 / 27.02.2018
6051

Ingliz klublari qishki tanaffus bo‘yicha kelishib oldi

Angliyada keyingi mavsumdan boshlab, qishki ta'til joriy qilinadi. The Times xabariga ko‘ra, barcha klublar bu borada kelishib olishgan.

FA Angliya Kubogi 5-raundining barcha o‘yinlarini haftaning o‘rtasiga ko‘chirish haqidagi qarorni qabul qildi. Bu esa fevral oyining boshida taxminan 2 haftalik pauza yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, qishki ta'tilning joriy qilinishi ingliz klublarining yevrokuboklardagi va Angliya terma jamoasining xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlashga zamin yaratadi.

Endi APL rahbariyati o‘yinlarning ko‘chirilishi tufayli, xorijiy telekanallarga zararni qoplab berishiga to‘g‘ri keladi. Biroq, liga bunga tayyor.

Mavzuga oid
Top