O‘zbekiston | 14:12 / 27.02.2018
10778
2 daqiqa o‘qiladi

Maktabgacha ta'lim vazirligi sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasini o‘tkazadi

Foto: Healthapple

Maktabgacha ta'lim vazirligi 2018 yilning 13-14 mart kunlari “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar zalida Maktabgacha ta'lim tizimida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni tashkil etishda shaffof markazlashtirilgan ta'minot tizimini yaratish, yetkazib beruvchilarning sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z vaqtida va narx siyosatiga rioya qilgan holda xarid tizimini tashkil etish maqsadida yarmarka tashkil etmoqda. 

Ushbu yarmarkaga O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekoziqovqat” xolding kompaniyasi, “O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zvinosanoat-xolding” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalari hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tarkibidagi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari mahsulotlari bilan ishtirok etishni taklif etadi.

Shuningdek, Respublikadagi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan maktabgacha ta'lim muassasalari uchun ishlab chiqariladigan, bolalarning intellektual qobiliyatini va motorikasini rivojlantiruvchi didaktik o‘yinlar va o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalarning sifati, shakli, dizayni, qulayligi, zamonaviyligi va xavfsizligini o‘rganish bo‘yicha ko‘rgazmali yarmarka o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid