11:53 / 27.02.2018
12683

Tramp otishma paytida o‘zini qanday tutishini aytib berdi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda shtatlar gubernatorlari bilan uchrashuvda Floridadagi maktabda ro‘y bergan otishma vaqtida o‘sha joyda bo‘lganida o‘zini qanday tutgan bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

«Aslida nima ro‘y berishi mumkin bo‘lganini hech qachon aniq bilmaysan, biroq mening ishonchim komilki, men qurolim bo‘lmasa ham maktab ichiga chopib kirardim hamda o‘ylashimcha, bu yerda bo‘lganlarning deyarli har biri shunday qilgan bo‘lardi», - deya aytib o‘tdi Tramp.

Xabar qilinishicha, Tramp uchrashuvning katta qismini Floridadagi maktabda ro‘y bergan hodisani muhokama qilishga bag‘ishlagan. 14 fevral kuni u yerda sobiq o‘quvchi miltiqdan 17 kishini otib tashladi.

Top