Jahon | 11:10 / 28.02.2018
4705
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Chernogoriyadan faxrlanishi aytildi

Jyeyms Mettis. Foto: ALLISON SHELLEY

AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettisning Chernogoriya mudofaa vaziri Predrag Boshkovich bilan uchrashuv davomida ma'lum qilishicha, Rossiya amaldagi davlat chegaralarini o‘zgartirishga urinmoqda, Chernogoriya hukumati esa bunga muvaffaqiyatli ravishda qarshilik ko‘rsatmoqda, deb xabar beradi «Interfaks».

«Qo‘shma Shtatlar sizlarni bizning ittifoqchilar, deb atash mumkin ekanidan faxrda. Sizlar NATOning boshqa a'zolari bilan umumiy tahdidlarga yuzma-yuz yelkadosh bo‘lib turibsizlar. Bunday tahdidlar orasida Rossiyaning xalqaro chegaralarni kuch bilan to‘sib qo‘yish borasida urinishlari ham bor», - deya aytib o‘tdi Mettis.

Shuningdek, amerikalik siyosatchi Chernogoriyaning 2024 yilga qadar mamlakat harbiy xarajatlarini YaIMdan 2 foizga qadar ko‘paytirish, NATOning Afg‘onistondagi missiyasida faol ishtirok etishga doir rejalarini ma'qulladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid