Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyada muhojirlar yashaydigan «getto»dagi jinoyatlarga og‘irroq jazo berilishi rejalashtirilmoqda
Daniya hukumati muhojirlar yashaydigan “getto”larda sodir etiladigan ba'zi jinoyatlarga ikki karra kattaroq jazo kiritmoqchi. Bu yerda jinoyat sodir etadiganlarga boshqa hududlarda amalga oshirilgan xuddi shunday jinoyat uchun 2 karra kattaroq qamoq muddati va jarimalar belgilanmoqchi.
The Local nashrining ma'lum qilishicha, “getto” chegarasini politsiya belgilaydi. Politsiya bunday qilish huquqini favqulodda vaziyatlarda oladilar va o‘z qarorlarini asoslab berishlari kerak bo‘ladi.
Ikki karra kattaroq jazo tayinlanadigan jinoyatlar ro‘yxati hali tasdiqlanmagan. Taxmin qilinishicha, bu ro‘yxatga o‘g‘rilik va vandallik kabi jinoyatlar kiritiladi.
Ma'lum qilinishicha, hukumatning bu rejasini muxolif Sotsial-demokratik partiya qo‘llab-quvvatlagan.
Huquq himoyachilari bu rejaga qarshi chiqqanlar. Ularning aytishicha, bu reja demokratik qadriyatlar va barcha qonun oldida tengligi tamoyiliga zid keladi.
Daniya hukumati 2017 yil dekabrda 22 ta “getto”dan ibora ro‘yxatni tuzib chiqqan. Bu tumanlar quyidagi beshta mezondan kamida uchtasiga to‘g‘ri keladi:
yarmidan ko‘proq aholisi g‘arb davlatlaridan bo‘lmagan muhojirlar;
aholining 2,7 foizdan ko‘prog‘i qonunni buzgan;
ishsizlik darajasi 40 foizdan oshadi;
aholining yarmidan ko‘prog‘i faqat boshlang‘ich ta'limga ega;
aholi daromadi hudud bo‘yicha o‘rtachadan 55 foizdan kamroqni tashkil qiladi.
Daniya bosh vaziri Lars Lekke Rasmussen hukumat “gettoga batamom nuqta qo‘yish” uchun choralar ko‘rmoqchiligini aytgan.
Daniya hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda g‘arb davlatlaridan bo‘lmagan 500 mingga yaqin muhojir bor. Daniya aholisi taxminan 5,7 mln kishini tashkil qiladi. Hukumatda 28 ming muhojirlar oilasi “parallel jamiyatda” yashab kelishlari aytib kelinadi.
Mavzuga oid
23:52 / 07.06.2026
Eriksen yana o‘yin vaqtida hushidan ketdi
14:25 / 24.03.2026
Daniyada saylovlar: Grenlandiya atrofidagi ziddiyat siyosat markazida
21:26 / 14.02.2026
Daniya bosh vaziri Grenlandiyaning narxini aytishdan bosh tortdi
17:08 / 02.02.2026