Xalq orasida «qizil diplom» atamasi bilan nomlanadigan diplomlarning rasmiy nomi aslida «imtiyozli» diplomdir. Oliy ta'lim muassasalarida «imtiyozli» diplomlar bakalavriatura bosqiçida öquv dasturlarini özlaştirişda katta yutuqlarga erişgan talabalarga berilişi köpçilikka ma'lum. Ammo köpçilikni mazkur «imtiyozli» diplom aslida qanday imtiyoz beradi, degan savol öylantiradi. Huquqşunos Xuşnudbek Xudayberdiyev uşbu maqolada şu böyiça fikr yuritgan.
Qizil diplom talabaga nima beradi?
Heç narsa! Faqat qizil rangni xuş köruvçilar yoki kök rangni yoqtirmaydiganlar uçun taskin berişi mumkin xolos. Ammo bundan boşqa birorta imtiyoz qonunçilikda nazarda tutilmagan.
Unda nima uçun «qizil diplom»ga intilişadi? Bakalavriatura bosqiçini yakunlab, qöliga qizil rangli muqovadagi diplomni olgan talabalar, magistratura bosqiçiga kiriş uçun böladigan imtihonlarda qandaydir imtiyoz bölişiga umid qilişi tabiiy. Biroq bularning barçasi xomxayol, xolos.
Respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga qabul qiliş tartibi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida»gi nizomga köra amalga oşiriladi. Mazkur nizomning 4-bobi «Kiriş sinovlari» deb nomlanib, unda magistraturaga kiriş sinovlarining umumiy ballari haqida ma'lumot berilgan. Uşbu ma'lumotlar orasida bakalavriatura bosqiçini «imtiyozli» diplom bilan tugatgan talabalarga qandaydir qöşimça imtiyozlar berilişi haqida heç qanday qoida keltirilmagan. Bundan taşqari, nizomning 3-bandida magistraturaga qabul barça uçun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oşirilişi belgilab qöyilgan.
Nizomda faqatgina Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari, şuningdek «Mard öğlon» davlat mukofoti sohiblari bölgan oliy öquv yurtlari talabalari va bakalavr darajasiga ega yoşlarga imtiyoz berilişi va ular oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning ta'lim yönalişiga mos mutaxassisliklarga tanlovdan taşqari davlat granti asosida qabul qilinişi qayd etib ötilgan.
Axir imtiyoz bor ediku?!
Ha, töğri esladingiz, bir paytlar «qizil» diplomga imtiyoz berilardi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 iyuldagi 342-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan nizomga köra, quyidagiça tartib-qoida belgilangan edi:















