Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarini qabul qildi
2018 yilning 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xajiyevni qabul qildi. V.Xajiyev Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma komissiyasining 14-majlisi ishida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.
Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov muloqotlari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi. Qayd etilganidek, oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkmaniston muntazam muloqoti davlatlararo aloqalarning ildam rivojlanishi uchun asosdir.
Suhbat chog‘ida Toshkent shahrida mart oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan tadbirlarga – Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘oniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari uchrashuvlari hamda Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralarda Turkmaniston elchisi Shiri Shiriyev ishtirok etdi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026