AQShda jinoyatni qanday sodir etganini eslay olmagan qotilni qatl etmaslik taklif qilindi
AQSh oliy sudiga politsiyachini otib o‘ldirgan va bu qotillikni qanday sodir etganini eslay olmagan, o‘lim jazosiga mahkum qilingan mahbusning qatl etilishini bekor qilish taklif qilindi. Bu haqda Sky News ma'lum qildi.
Alabamalik Vernon Medison yanvar oyida o‘limga olib keluvchi inʼeksiya orqali qatl etilishi kerak bo‘lgan. Biroq uning advokati AQSh oliy sudiga mijozi jinoyatni qanday sodir etganini eslay olmayotgani sababli qatl etilishini bekor qilish iltimosi bilan murojaat qilgan.
Advokatning aytishicha, Medison o‘tgan davr ichida bir necha insultni boshdan o‘tkazgan, shundan keyin ko‘r bo‘lib qolib, yotib qolgan va aqli zaiflikdan aziyat cheka boshlagan. Buning oqibatida u o‘z biografiyasidagi ba'zi voqealarni esdan chiqarib qo‘ygan. Advokat boshidan o‘lim jazosi chiqarish shartmasligini va umrbod qamoq jazosi bilan kifoyalanish mumkinligini aytib kelgan. Oliy sud aqli ojiz mahbusni hayotdan mahrum qilish shafqatsizlik bo‘lishiga rozi bo‘lib, ishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.
Medissonning jazo hukmi bo‘yicha bahs bir necha bor ko‘tarilgan. 2016 yilda Alabama sudi hukmni tasdiqlagan. Biroq o‘lim jazosi amalga oshirilishiga bir necha soat qolganda apellyatsiya sudi “sudlangan o‘z nazdida o‘zini hech qachon jinoyatni sodir etmagan deb o‘ylashi” sababli qarorni bekor qilgan.
Biroq 2017 yil noyabrda oliy sud apellyatsiya sudining qarorini bekor qilib, Alabama sudi qatl sanasini belgilashi mumkinligi haqida qaror chiqargan.
Ta'kidlanishicha, Medison 1985 yilda politsiyachini boshining ensa qismiga ikkita o‘q uzib o‘ldirgan.
Mavzuga oid
18:44
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
21:08 / 18.11.2024