Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Ezgulik patruli"da ayollar ham faoliyat yuritadigan bo‘ldi
Jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlashning yangi usullarini joriy etish maqsadida "Ezgulik patruli" maxsus guruhlarida erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham faoliyat yuritadi. Xalqaro Press-klubda Turizmni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda shu haqida ma'lum qilindi.
"Ezgulik patruli" maxsus guruhi ichki ishlar organlarini aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatadigan professional tuzilmaga aylantirish, respublikaning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz va Xiva shaharlarining fuqarolar gavjum joylarda hamda madaniy meros obektlarida patrul-post xizmatini o‘tashning yangi uslubi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Maxsus guruh o‘z faoliyati doirasida ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida, shuningdek ommaviy tadbirlar o‘tkazish obektlarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash faoliyatini amalga oshiradi.
Patrul xodimlari safi erkak xodimlar bilan birga ayollar bilan ham to‘ldirilishi ayollar bilan bog‘lik noxush va noqulay vaziyatlarni bartaraf etish imkonini beradi.
Bundan tashqari, ushbu patrul xizmatchilariga nochor ahvolda qolgan, yordamga muhtoj fuqarolarga birinchi tibbiy yoki boshqa turdagi yordam ko‘rsatish kabi vazifalar yuklatilgan. Shuningdek ular rus va ingliz tillarida erkin so‘zlasha olishi kerakligi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
10:26 / 03.07.2024
O‘zbekistonda 6 oyda qancha oila yarashtirilgani ma’lum qilindi
16:50 / 24.06.2024
Senat raisi “Rahbar ayollar maktabi” tinglovchilari bilan uchrashdi
10:42 / 02.06.2024
Xotin-qizlarni eng ko‘p ishga olgan 10 ta korxona ma’lum qilindi
20:21 / 23.05.2024