Navoiy viloyatida zamonaviy «Nuroniylar maskan»lari bosqichma-bosqich bunyod etilmoqda
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga asosan Navoiy viloyatida ham ko‘rkam va zamonaviy, yetarlicha qulayliklarga ega “Nuroniylar maskan”lari bosqichma-bosqich bunyod etilmoqda.
Shu kunlarda Qiziltepa tumanida mazkur maskan faoliyat boshlagan bo‘lsa, Navro‘z bayrami arafasida esa viloyatning barcha hududlarida faxriylar majmuasi keng jamoatchilik ishtirokida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi Markaziy istirohat bog‘ida qad rostlagan “Nuroniylar maskani” majmuasida keksa avlod vakillari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan.
Majmuadagi boy kitob fondiga ega kutubxona, dam olish xonalari, maxsus trenajyorlar bilan jihozlangan davolash-jismoniy tarbiya zallari, shaxmat, shashka o‘yingohlari, kompyuter jamlanmasi hamda oshxona va tibbiyot xonasi nuroniylarning bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazishga xizmat qiladi.
Shu kuni Navbahor tumanining “Paxtaobod” mahallasi hududida ham keng va ko‘rkam “Nuroniylar maskani” majmuasi foydalanishga topshirilgani viloyat nuroniylari uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi.
Tadbirlarda viloyat hokimi Q.Tursunov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Mavzuga oid
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
16:28 / 31.10.2024