O‘zbekiston | 13:00 / 01.03.2018
9750
3 daqiqa o‘qiladi

Poytaxt jamoat transportini subsidiyalash tartibi belgilandi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining 22.02.2018 yildagi 136-son «Toshkent shahrining shahar tashish yo‘lovchi transporti tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.
 
Toshkent shahrida transport tashuvlarining tariflari keskin o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, shu jumladan dizel yonilg‘isining qimmatlashuvi munosabati bilan 2017-2018 yillarda «Toshshahartransxizmat» AJga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilmoqda.
 
Mablag‘larni Moliya vazirligi «Toshshahartransxizmat» AJ tashkilotlari tomonidan 2017 yilda sotib olingan va 2018 yilda sotib olinadigan dizel yonilg‘isi qiymatidagi narx tafovutini qoplash uchun ajratadi.

Subsidiyalarni ajratish va olish tartib-taomillari
 
«Toshshahartransxizmat» AJ har oyda Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

• «Toshshahartransxizmat» AJ tashkilotlari bo‘yicha sotib olingan dizel yonilg‘isi miqdori va qiymati to‘g‘risidagi axborotni;
• «Toshshahartransxizmat» AJ tashkilotlarining hamda neft mahsulotlari sotishni amalga oshiruvchi «O‘zneftmahsulot» AJning tashkilotlari muhri va mas'ul shaxslari imzolari bilan tasdiqlangan, olingan dizel yonilg‘isining schyot-fakturasi;
• yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmanomalari bo‘yicha «Toshshahartransxizmat» AJ tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan soatbay va boshqa tijorat tashuvlarida foydalanilgan dizel yonilg‘isi qiymatining hisob-kitobini;
• «Toshshahartransxizmat» AJ tashkilotlari tomonidan sotib olinadigan dizel yonilg‘isining 15.11.2017 yildan boshlab belgilangan qiymatidagi tafovutning hisob-kitobini.
 
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning shakllari qaror bilan tasdiqlangan.
 
Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar olingandan keyin 3 kun muddatda Toshkent shahar Davlat moliya nazorati boshqarmasi bilan birgalikda, subsidiyalar ajratishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli xulosani tayyorlaydi va uni barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda Moliya vazirligiga yuboradi.
 
Moliya vazirligi subsidiyalar ajratishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli xulosa olingandan keyin bir hafta muddatda ularning O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobiga «Toshshahartransxizmat» AJga ajratilishini ta'minlaydi, bu to‘g‘rida «Toshshahartransxizmat» AJni yozma shaklda xabardor qiladi. Xabarnomada ajratilgan subsidiyalar summasi, ajratish sanasi hamda subsidiyalar uning uchun ajratilgan hisobot davri ko‘rsatiladi.
 
Hujjat 23.02.2018 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid