Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruslan Melziddinov va Shohruz Norxonov «So‘g‘diyona»da. Jizzax klubi yangi futbolchilarini tanishtirdi
Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi 28 fevral kuni yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi.
Tadbirda Jizzax viloyat hokimligi vakillari, viloyat futbol federatsiya rahbarlari, klub xodimlari, «So‘g‘diyona» ayollar, futzal jamoalari va OAV vakillari ishtirok etdilar, deb xabar beradi klub sayti.


Tadbir davomida «So‘g‘diyona» o‘zining yangi logotipini ham taqdim etdi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, jamoa tarixdan «yashil bo‘rilar» nomi bilan tanilgan ekan. Ammo logotipdagi bo‘ri negadir kulrang ekanini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, yashil tog‘lar ortidan uchib kelayotgan to‘p ham kishini ajablantiradi.
Tadbirning asosiy qismida jamoaga kelgan yangi futbolchilarga futbolkalar topshirildi.




Ular: Dilshod Hamroyev (darvozabon, 23-raqam), Farhod Mirahmatov (himoyachi, 5), Doniyor Odilov (himoyachi, 7), Shoxruhbek Holmatov (himoyachi, 15), Tohir Shamshitdinov (himoyachi, 33), Akmal Xolmurodov (himoyachi, 26), Dilmurod Karimov (yarimhimoyachi, 6), Doniyor Hasanov (yarimhimoyachi, 8), Sardorbek Azimov (yarimhimoyachi, 9), Alisher Ziyaviddinov (yarimhimoyachi, 19), Jahongir Abdumo‘minov (yarimhimoyachi, 31), Iqbol Malikjonov (yarimhimoyachi, 20), Shoxruz Norxonov (hujumchi, 10), Ruslan Melziddinov (himoyachi, 85), Nurillo To‘xtasinov (yarimhimoyachi, 99).

Mavzuga oid
15:05 / 12.08.2023
Farg‘onadagi o‘yinda dam solingan «muqaddas suv» mojarosi: Mitrovich nega jazavaga tushdi?
14:11 / 12.08.2023
Farg‘onada serbiyalik darvozabon yosh bolalarni so‘kdi, o‘yindan keyin hakamlarga «bakalajka» otildi
17:06 / 31.07.2023
Boshkovich sobiq klubini yengdi, rossiyalik murabbiyda omadsiz debyut – fotojamlanma
18:58 / 26.01.2023