2018 yil 18 yanvarda Aqtöbe viloyatida sodir bölgan, 52 özbekistonlikning fojiasiga sabab bölgan mudhiş halokatdan omon qolgan Ahror Isakov bilan suhbat “Darakçi” gazetasida e'lon qilindi.

— Ahrorbek, öşa kungi fojia qanday yuz bergandi?

— Öşa kuni keçasi juda qattiq sovuq bölgandi. Solyarka muzlab, elektr tizimi ham izdan çiqqan ekan. Yölda yonğindan sal avval, töxtab qolgan yana bitta avtobusni körgandik. Köp ötmay biz ham töxtadik. “Endi nima qilamiz?” deb sörasak, haydovçilar “boşqa avtobusni kutamiz” deyişdi. Ertalab hamrohlarimiz bilan yaqin oradagi yemakxonada nonuşta qildik. Men avtobusning old örindiğida haydovçilar yonida ötirgandim... Közim ilingan ekan. Kuçli şovqindan uyğonib ketdim. Qarasam avtobus alanga içida qolgan, mening ham kiyimlarim öt tuşib yona boşlagandi. Jon holatda özimni pastga otdim. Nima bölayotganini anglagan paytimda avtobus butkul öt içida qolgandi.

— Yonğin nimadan çiqqan?

— Avtobusning içi juda sovib ketgandi. Şuning uçun hamrohlarimiz salonni kavşar lampa bilan isitardi. Yonğin çiqqan paytda men uyquda bölganman. Avtobusda beş litrli kanistrda benzin bölgan. Uning oğzi oçiq bölgan. Öşa kanistrdagi benzin yonib ketgaç, butun avtobus öt içida qolgan.

— Odamlar jonini qutqarişga urinmadimi?

— Avtobus ikki qavatli edi. Yölovçilarning hammasi ikkinçi qavatda edi. Eşik qulflanib qolganda farğonalik bir akamiz (Adhamjon Ma'rifjanov) ham oldinda ötirgan edi. U öğli (Avazbek Ma'rifjonov) bilan birga çiqqandi. Yonğin çiqişidan oldin örnini haydovçiga böşatib berib, öğlining yoniga orqaga ötib ketgan. Öğlining adyoli bor ekan. Özimning jiyanim ham olov içida qolib ketdi. U öğlini qutqargani orqaga, olov içiga özini urdi. Yonğin çiqqanda hamma özini orqa eşikka urgan. Avtobus eşiklari havo bilan yopilgani uçun yonğin paytida işdan çiqqan, orqa va örta eşiklar qulflanib qolgan ekan.

— Sizlar avtobusdagilarni qutqarişga harakat qildinglarmi?

— Albatta! Birinçi navbatda avtobusning orqa eşiklarini oçmoqçi böldik. Eşiklarni oçib bölmadi. Keyin avtobus oynasini sindirişga narsa qidiriş uçun toş qidirdim. Aksiga olib yerda bittayam toş yöq. Faqat avtobusdan öt öçiriş moslamasi – ognetuşitel qölimga tuşib qolgandi. Avtobusning ikkinçi qavati oynasiga ikki-uç marta haligi moslamani otdim. Avtobus haydovçisi ham urinib kördi. Ammo oynalar juda qattiq bölgani uçunmi, sindirişning iloji bölmadi.