21:15 / 02.03.2018
20115
Reklama

Golden House poytaxtning innovatsion, texnologik va noyob salohiyatini namoyish qildi

Toshkentning birlamchi ko‘chmas mulk bozori yetakchisi Golden House "WorldBuild Tashkent - 2018" XIX xalqaro ko‘rgazmasida qatnashdi. Qurilish sohasida katta ahamiyatga ega hodisa 28 fevraldan 2 martga qadar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

Bu kompaniyaning ikkinchi marta mazkur tadbirda qatnashishi. Xalqaro ko‘rgazmadagi ishtirok mehmonlarni Golden House faoliyati va loyihalari bilan tanishtirish barobarida yangi hamkorlar orttirish imkonini berdi.

Kompaniyaning bo‘lg‘usi Infinty loyihasi imitatsiyasini yaratgan yorqin stend ikki qavatdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazmaning birinchi qavatida kompaniya xodimlari qurilishi 2017 yilda boshlangan "Frantsuz dahasi.Parisien" va "Novza" turar-joy komplekslarini namoyish etishdi.

Foto: Golden House

Eng katta urg‘u kompaniyaning bo‘lg‘usi uch loyihasi - premium toifali qarorgohlarga yo‘naltirildi. Bular: Qurilishi 2017 yilning oxirida boshlangan Mirabad Avenue — Golden House'ning Britaniya arxitektura byurosi hisoblangan Chapman Taylor bilan qo‘shma loyihasi, shuningdek  Britaniyaning Benoy — Infinity va The View me'morchilik byurolari bilan hamkorlikda amalga oshiriluvchi loiyhalar.

Ikkinchi qavat turli soha vakillari va boshqa mamlakatlardan kelgan hamkorlar bilan biznes muzokaralar uchun launj-zona ko‘rinishini oldi. Kompaniya yaqin kunlarda bularning ba'zilari bilan hamkorlikka start berishni rejalashtirmoqda.

Stenddan tashqari, "O‘zekspomarkaz" hududida sotuvlar bo‘limi konteyneri o‘rnatildi, u yerda mehmonlar va qatnashchilar xaridlar shartlari, rasmiylashtirish, kredit va kvartiralar narxi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kishilarni so‘rovnoma qilish natijalariga ko‘ra, Golden House "Eng yaxshi stend dizayni" mukofotini qo‘lga kiritdi.

Foto: Golden House

Shunday bo‘lsa-da, ming marta eshitgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan yaxshi. Golden House ko‘rgazmaning eng yaxshi stendi qanday yaratilganiga doir videoni e'tiboringizga havola qiladi.

Golden House ofisi manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi 1

Mo‘ljal: Irrigatsiya instituti, Darxon

«Novomoskovskaya» turar-joy kompleksi

Bot: @goldenhouseuz_bot
 

Telegram: @goldenhouseuz
 

Facebook: fb.com/goldenhouseuz
 

Instagram: @goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top