Sport | 20:10 / 02.03.2018
12972
1 daqiqa o‘qiladi

Ronalduning kikbokschi do‘sti qamoqdan chiqqandan keyingi ilk jangini o‘tkazadi

Foto Instagram

Niderlandiyalik taniqli kikbokschi Badr Xari 3 mart kuni Rotterdamda Glory 51 musobaqasida ishtirok etadi. 

Kelib chiqishi marokashlik bo‘lgan Xari 2017 yil fevralda Amsterdamda 2011 va 2012 yillarda ikki kishiga hujum qilgani uchun 2 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingandi. Biroq u turmada 6 oygina o‘tkazgan.

Badr Xari futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan yaqin do‘st ekanligi bilan dunyoga tanilgan.

Uning qamoqdan chiqqandan keyingi ilk raqibi gollandiyalik kikbokschi Xesdi Gerges bo‘ladi.

Badr Xari. Foto Instagram

33 yoshli kikbokschi o‘z faoliyati davomida 119 ta jang o‘tkazib, 106 ta g‘alaba, 11 ta mag‘lubiyatga uchragan va 2 marta diskvalifikatsiya qilingan.

Badr Xari 2002 yilda MMA’dagi ilk va oxirgi jangini o‘tkazib, unda mag‘lubiyatga uchragan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid