Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya xavf paydo bo‘lganda yadroviy qurolini qo‘llashi mumkin – Putin
Rossiya agar uning mavjudligiga xavf paydo bo‘lganda yoki yadroviy zarbaga yadroviy qurol qo‘llaydi, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin NBC telekanaliga bergan intervyusida.
“Bizni yadroviy qurolni qo‘llashga majburlay oluvchi ikki sabab bor: yadroviy qurol qo‘llagan holda yoki oddiy qurol bilan Rossiyaga hujum qilish. Oddiy qurol qo‘llangan holda hujum vaziyatida Rossiya mavjudligiga tahdid bo‘lsagina yadroviy qurol qo‘llanadi”, deb aytgan Putin.
Putin 1 mart kuni parlamentga murojaatida Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi qurollar haqida ma'lumot bergan.