Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatidagi loyihalar bilan tanishmoqda
Joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida Navoiy viloyati tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev dastlab Karmana tumanidagi «Karmana golden eggs» mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidenti o‘tgan yilning 28 martida ham Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoni ishlar bilan tanishgan va mazkur MChJni tashkil qilish bo‘yicha loyiha o‘tgan yil mart oyida Prezidentga taqdim qilingan edi.
O‘zA xabariga ko‘ra, oradan o‘tgan vaqt davomida birinchi bosqichdagi ishlar boshlandi. 90 kunda jo‘ja yetishtirishga mo‘ljallangan parrandachilik kompleksida ellik ish o‘rni yaratildi. Majmuada jo‘ja 90 kun davomida parvarishlanib, tuxim beradigan tovuq holida sotuvga chiqariladi.
Shavkat Mirziyoyev loyiha tashabbuskori bilan kelajak rejalari haqida suhbatlashdi. Ma'lum qilinganidek, 2019 yilda inkubatsiya, tuxum yetishtirish komplekslarini ishga tushirish mo‘ljallangan. Olinadigan mahsulotning 30 foizi eksportga chiqariladi, 100 kishining bandligi ta'minlanadi.
«Parrandachilik bo‘yicha tizim yaratilibdi. Endi bu yerda tuxum yetishtirish va uni eksportga chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozim», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
16:28 / 31.10.2024