21:09 / 02.03.2018
27820

Superliganing «misi chiqdi». «Paxtakor»da chiroq o‘chib qoldi (video)

Foto: Tribuna.Uz

O‘zbekiston Superligasining 1-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» va «So‘g‘diyona» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida «Paxtakor» stadionidagi yoritish moslamalaridan biri to‘liq o‘chib qoldi.

Gap shundaki, uchrashuvning 23-daqiqasi davom etayotgan vaqtda stadion VIP-sektoridan o‘ngda joylashgan qismida joylashgan projyektor o‘chib qoldi. Qariyb 7 daqiqa davomida chiroq yonmay turdi. Nihoyat 30-daqiqdan so‘ng chiroq yongach, uchrashuv davom ettirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘FA va PFL rahbariyati bir necha klublarni Superligaga qo‘ymagan va bunga asosiy sabablardan biri sifatida stadiondagi yoritish moslamalaridagi kamchiliklar ko‘rsatilgandi.

Top