O‘zbekiston | 16:37 / 02.03.2018
5707
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Ukraina 10 yillik tanaffusdan so‘ng hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazadi

Foto: Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 27 fevral kuni Ukraina Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligida O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan maslahatlashuv o‘tkazildi. Tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Sohib Saifnazarov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasini Ukraina Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirining o‘rinbosari Natalya Mikolska qabul qildi.

Tomonlar maslahatlashuv davomida ikki yoqlama savdo hajmini tubdan oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar shuningdek, O‘zbekiston-Ukraina savdo-iqtisodiy hamkorligining boshqa jihatlariga qaratilgan muhim masalalarni muhokama qildilar.

Maslahatlashuv so‘nggida tomonlar mintaqalararo hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish, joriy yilning uchinchi kvartalida navbatdagi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Ukraina Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishini shuningdek, Toshkent shahrida ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi biznes-forumlarni o‘tkazishga kelishib oldilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid