Jahon | 20:23 / 03.03.2018
10611
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda bir hafta ichida 300 dan ko‘proq jangari yo‘q qilindi 

Foto: Rambler/novosti

Afg‘onistonning turli hududlarida o‘tkazilgan operatsiyalar natijasida bir hafta ichida kamida 302 nafar qurollangan jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Afg‘oniston milliy mudofaa vazirligi ma'lum qildi, deb xabar berdi “Sinxua” axborot agentligi. 

“Umumiy hisobda 302 jangari o‘ldirilgan, 187 nafari jarohat olgan, yana 28 nafari asirga olingan”, deyilgan xabarda. Ma'lum qilinishicha, Afg‘oniston harbiylari politsiya bo‘linmalari va boshqa xavfsizlik kuchlari bilan birga 111 ta amaliyot o‘tkazishgan. Ular davomida shuningdek katta miqdorda qurol va o‘q-dori, jumladan 66 ta tanklarga qarshi mina va portlovchi qurilma aniqlangan. 

Afg‘oniston hukumat kuchlari tomondan qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma'lumot berilmagan. “Xavfsizlik kuchlari mamlakatning qolgan hududlarida ham jangarilarni ta'qib qilishni va yo‘q qilishni davom ettiradilar”, deb aytilgan bayonotda.

Oxirgi vaqtda ekstremistlarning Afg‘onistonning sharqiy va janubiy viloyatlarida hamda shimolida pozitsiyalari ancha mustahkamlangani kuzatilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid