Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda senatga saylovlar bo‘lib o‘tdi
3 martda Pokiston federal parlamentining yuqori palatasi – Senatga saylovlar yakunlandi. Ovoz berish natijalari yaqin orada ma'lum qilinadi, deb xabar berdi Geo TV telekanali.
Senatdagi o‘rinlarga 4 ta viloyat, qabilalar hududlari va Islomoboddan 135 nomzod kurash olib borgan. Nomzodlardan 20 nafari Pokiston xalq partiyasi, 14 nafari muxolif Muttaxid Kaumi harakati, 13 nafari “Tahrik-i-insof” adolat uchun kurash harakatini taqdim qildi.
Pokiston senati Milliy assambleya (parlament quyi palatasi), mahalliy qonunchilik yig‘inlari deputatlari tomonidan 6 yilga saylanadi. Senat hammasi bo‘lib 104 a'zodan iborat bo‘lib, ulardan yarmining 11 mart kuni vakolatlari tugaydi. Qolgan 52 nafari o‘z majburiyatlarini 2021 yilgacha davom ettiradilar.
Pokiston qonunchiligiga ko‘ra, Senat 3 yilda bir marta yangilanadi. Senatda 4 ta viloyat – Balujiston, Xaybar-Paxtunxva, Panjob va Sind 23 tadan, qabilalar hududlari 8 ta, Islomobod 4 tadan o‘ringa ega.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026