Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superliga. «Bunyodkor» so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Superligada 1-tur bahslari davom etmoqda.
«Bunyodkor» o‘z maydonida Olmaliqning OKMK klubini qabul qildi. Birinchi bo‘limda, mehmonlar penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Ikkinchi bo‘limda «Bunyodkor» katta ustunlikka ega bo‘ldi. 88-daqiqada Davron Umirovning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi himoyachi tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan joy oldi. 1:1 hisobi o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi.
Superliga, 1-tur
3 mart, Toshkent, «Bunyodkor» stadioni
Bunyodkor (Toshkent) – OKMK (Olmaliq) - 1:1
Gollar: Davron Umirov (88) - Yovan Jokich (39 pen)
Hakamlar: Z.Qodirov (Navoiy), O.Jumayev (Navoiy), R.Samandarov (Navoiy), E.Tursunov (Buxoro).
Nazoratchi: I.Nexochin (Namangan).
Bunyodkor: 32.Suhrobjon Sultonov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akromjon Komilov, 6.Anvar G‘ofurov, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Shahzodbek Nurmatov, 11.Murodjon Toshmatov (21.Rasul Yo‘ldoshev, 57), 13.Sanjar Qodirqulov (14.Mirjahon Mirahmadov, 81), 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 44.Mirjamol Qosimov (28.Davron Umirov, 75), 99.Filip Rayyevats
OKMK: 12.Roman Abdulov, 2.Abduqahhor Xojiakbarov, 4.Xurshidbek Muxtorov, 8.Muzaffar Muzaffarov (21.G‘ulom Haydar G‘ulomov, 70), 10.Shohnazar Norbekov, 13.Lutfulla To‘rayev, 15.Vladimir Bubanya, 18.Qahramon Bahodirov, 23.Yovan Jokich, 24.Javlon Guseynov, 87.Vadim Chemirtan (9.Zafar Polvonov, 75)
Ogohlantirishlar: Javlon Ibrohimov 30, Muzaffar Muzaffarov 63.
Mavzuga oid
21:36 / 07.05.2026
“Hamma bo‘ynigacha qarz” – “Bunyodkor”da yuzlab ishchilar ofsaydga tushib qoldi
12:23 / 24.04.2026
«Bunyodkor» va Rivaldo mojarosi. Qarzni kim to‘laydi?
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
18:15 / 16.04.2026