Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev Ostona shahrining gazlashtirilishi muddatini belgilab berdi
Foto: Turar Kazangapov
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning markaziy va shimoliy qismlarini gazlashtirishni 1-1,5 yil ichida amalga oshirish lozimligini aytdi.
Nazarboyev shu maqsadda Karao‘zek-Jyezqazg‘an-Qarag‘anda-Temirtau-Ostona gaz quvurini o‘tkazish topshirig‘ini berdi.
“Bugungi kunda mamlakatimizda gazlashtirish darajasi deyarli 50 foizni tashkil qiladi. Asosan g‘arbiy va janubiy qismdagi 9 ta viloyat gazlashtirilgan. Biroq markaziy va shimoliy viloyatlar gazsiz qolmoqda. Biz bu masala bo‘yicha Karao‘zek-Jyezqazg‘an-Qarag‘anda-Temirtau-Ostona yo‘nalishi bo‘yicha magistral gaz quvuri qurishimiz kerak. Bu 2,7 mln kishini gaz bilan ta'minlashidan tashqari, mamlakatning ekologik holatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi”, deb aytgan Nazarboyev parlament yig‘ilishida.
Nazarboyevning aytishicha, Ostonaning gazlashtirilishi hisobiga xavfli chiqindilar tarqalishi 6 marta kamayadi.
“Transport vositalari soni ko‘payishi va bizda issiqlik elektr stansiyalari ko‘mirda ishlashi hisobiga Ostonada smog mavjud. Bu muammoni hal qilish ustida shahar akimati ishlamoqda. Agar biz bu masalani hal qilsak, ko‘plab odamlar gaz bilan ta'minlanadi. Bu masalani 1-1,5 yil ichida hal qilish lozim”, deb aytgan Qozog‘iston prezidenti.
Nazarboyev yig‘ilish vaqtida, shuningdek, kam ta'minlangan 2 mln qozog‘istonlik uchun soliqni 10 barobar kamaytirishni taklif qilgan, 20 mingta ta'lim granti ajratish va yangi ipoteka taqdim qilishni buyurgan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025