Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda aeroport tomi va “Eyfel minorasi” shamol tomondan qo‘porib yuborildi (video)
Xitoyning Nanchan shahrida kuchli shamol savdo markazi oldida o‘rnatilgan Eyfel minorasining nusxasini surib ketdi. Bu haqda UPI portali xabar bermoqda.
Voqea guvohi tomonidan olingan rolikda yerga mahkamlanmagan minora markaz oldidagi maydon bo‘ylab surib ketilgani ko‘rish mumkin. Minora balandligi necha metrligi noma'lum, biroq u yon-atrofda o‘suvchi daraxtlardan 2 marta balandroqligini ko‘rish mumkin.
Shuningdek, shamol Nanchan aeroporti tomini qo‘porib yuborgan. Videoda tom bo‘laklari mashinalar ustiga tushayotganini ko‘rish mumkin. Bino ichida olingan videoda esa odamlarning baqir-chaqirlarini eshitish mumkin. Tom qulashi oqibatida hech kim jabrlanmagan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, shamol tezligi 30 metr/soniyagacha yetgan, bu esa kuchli shtorm va dovuldan (32 metr/soniyadan yuqoriroq) bir pog‘ona pastroq toifaga barobardir.
Mavzuga oid
18:29 / 08.07.2026
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:57 / 02.07.2026