Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muallifga innovatsion mahsulot tatbiq etilishidan olingan foydaning 10 foizi beriladi
Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
Norma.uz «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi Qonunning ayrim asosiy qoidalarini keltirib o‘tgan.
Innovatsion siyosat – mintaqalar kesimida
Prezident tomonidan 5 yil muddatga tasdiqlanayotgan Milliy innovatsion tizimni rivojlantirish davlat dasturida innovatsion rivojlanishning amalga oshiriladigan asosiy yo‘nalishlari belgilanadi.
Mazkur muddatda viloyatlar, tumanlar va shahar Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan hududiy miqyosda tasdiqlanadigan mintaqaviy innovatsion rivojlanish dasturlari shakllantiriladi. Dasturlar tegishli mahalliy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hududiy innovatsion dasturlarni joylardagi davlat hokimiyati organlari ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar. Buning uchun ular zarur tashkiliy, moliyaviy va boshqa qo‘llab-quvvatlashni ta'minlaydilar, shuningdek innovatsion faoliyat sub'yektlarini tashkil qilishda ishtirok etadilar.
Innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish
Ilmiy va innovatsion faoliyatni moliyaviy ta'minlash maqsadida quyidagilar tashkil etiladi:
• innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash fondlari;
• innovatsion va/yoki venchur fondlar.
Innovatsion fondlar innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni qaytarish sharti bilan yoki beg‘araz asosda taqdim etadilar, shuningdek innovatsion faoliyat sub'yektlarining majburiyatlari bo‘yicha kafil vazifasini bajarishlari mumkin.
Venchur (tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan) fondlar innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion loyihalarni dastlabki moliyalashtirishni amalga oshirish, innovatsion korxonalarni tashkil qilish va rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi.
Loyiha bo‘yicha quyidagilar innovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
• davlat byudjyeti mablag‘lari;
• innovatsion faoliyat sub'yektlarining o‘z mablag‘lari;
• xalqaro grantlar, tijorat banklari, shu jumladan xorijiy banklarning imtiyozli maqsadli kreditlari;
• innovatsion va venchur fondlar;
• xususiy, shu jumladan xorijiy investorlarning mablag‘lari (innovatsion faoliyat sub'yektlari tomonidan emissiya qilingan aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga kreditlar, moliyaviy lizing va investitsiyalar shaklidagi);
• boshqa taqiqlanmagan manbalar.
Tadbirkorlik sub'yektlari – davlat byudjyetidan moliyalashtiriladigan innovatsion loyihalarning ijrochilari uchun innovatsion loyihalarni umumiy moliyalashtirish hajmidan mablag‘larning 10%idan kam bo‘lmagan miqdorda zaxiralash rejalashtirilmoqda.
Innovatsion loyihalar mualliflarini rag‘batlantirish
Innovatsion mahsulot muallifi yuridik shaxsdan ushbu mahsulotni tatbiq etishdan olingan sof foydaning 10%idan kam bo‘lmagan miqdorda mukofot olishi rejalashtirilmoqda. Shu yo‘sinda, mukofot tatbiq etilgan paytdan boshlab 5 yil davomida beriladi.
Yuridik shaxs – innovatsion intellektual mulk obektiga mutlaq huquq egasi barcha soliqlarni to‘laganidan keyin qolgan, lisenzion shartnomalar bo‘yicha olingan mablag‘larning 40%idan kam bo‘lmagan miqdorda uning muallifiga mukofot to‘lashga yo‘naltiradi.
Innovatsiyadan foydalanish foyda olishni nazarda tutmaydigan, balki boshqa ijtimoiy muhim natijaga erishishga olib keladigan holatlarda, yuridik shaxs tomonidan shartnomaga asosan mazkur innovatsiya muallifiga biryo‘la beriladigan mukofot to‘lanadi. Uning eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026
Iste’molchilar shartnomalarida noqulay shartlar cheklanadi
12:27 / 16.02.2026