Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda O‘zbekiston va Fransiyaning sudlar mustaqilligini ta'minlashdagi tajribasi muhokama qilindi
Parijda O‘zbekiston Oliy sudi raisi K.Komilovning tashrifi doirasida «Sudlar erkinligi: Fransiya va O‘zbekiston Respublikasi tajribasi» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Yevropada xavfsizlik va prognozlashtirish instituti ko‘magida tashkil etildi.
Tadbirda fransuz tomonidan sud-huquq sohasi vakillari, ekspert-tahlilchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv tashkilotchilari yevropalik mutaxassislarga O‘zbekistonda 2012-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari haqida ma'lumot berishdi. O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolarining chiqishida respublika sud organlarining jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy himoyasini fuqarolik, jinoiy va iqtisodiy huquq sohasida ta'minlashdagi ishi haqida axborot berildi.
Yevropalik ekspertlarning ta'kidlashicha, O‘zbekiston qisqa muddat ichida Fransiya yuz yillab vaqt sarflagan jiddiy islohotlarni amalga oshirdi hamda hozirdayoq katta tajribaga ega.
Mavzuga oid
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:50 / 08.06.2026