Jahon | 16:24 / 06.03.2018
4843
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lankada favqulodda holat rejimi joriy qilindi

Foto: Denis V.

Shri-Lanka hukumati orolda o‘n kunlik muddatga favqulodda holat rejimini joriy qildi. Bu mamlakat markaziy mintaqasida turli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berayotgani tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda The Sunday Times mahalliy nashri.

Ta'kidlanishicha, favqulodda holatni joriy etish haqidagi qaror 6 mart kuni, hukumat yig‘ilishi davomida qabul qilindi. To‘qnashuvlarda kamida ikki kishi halok bo‘lgan. Kandi okrugida tartibsizliklar tufayli komendantlik soati joriy qilindi.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, rasmiy direktiva keyinroq e'lon qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid