O‘zbekiston | 21:40 / 06.03.2018
13847
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Foto: Google Photos

«Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini tashkil etish to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Filial universitetning yuridik shaxs maqomidagi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra ta'lim, muassasalari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta'minlash Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Filialning 2017/2018 o‘quv yili uchun talabalar kontingenti Surxondaryo viloyatida doimiy yashayotgan (doimiy propiska qilingan) Termiz davlat universiteti va boshqa turdosh oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur oliy ta'lim muassasalariga to‘plagan ballari eng yuqori ballning 30 foizdan (68 balldan) kam bo‘lmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.

Shuningdek, Termiz davlat universitetining Denov filialini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilingan.

Filial Termiz davlat universitetining yuridik shaxs maqomidagi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra, ta'lim muassasalari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta'minlash filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Filialning 2017/2018 o‘quv yili uchun talabalar kontingenti Surxondaryo viloyatida doimiy yashayotgan (doimiy propiska qilingan) Termiz davlat universiteti va boshqa turdosh oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur oliy ta'lim muassasalariga to‘plagan ballari eng yuqori ballning 30 foizdan (68,0 balldan) kam bo‘lmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.

1 fevraldan Surxondaryoda uchta oliy ta'lim muassasasi filiali ish boshlaydi

Mavzuga oid