Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
18 aprel uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni bo‘ladi
18 aprel uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni bo‘ladi. Tegishli qonun loyihasi Parlamentning quyi palatasi deputatlari tomonidan 6 mart kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisda tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
“O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlisga Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritildi.
Ta'kidlanganidek, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilishi natijasida uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish, ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish, shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini oshirish bo‘yicha samarali va sifatli yangi tizim shakllantirildi.
Ayni paytda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida 157 ming nafardan ortiq xodim va xizmatchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, sadoqat bilan bajarilgan mehnatni rag‘batlantirish maqsadida, qonun loyihasida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etilgan kun – 18 aprelni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilash taklif etilmoqda.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026
Iste’molchilar shartnomalarida noqulay shartlar cheklanadi
12:27 / 16.02.2026