13:03 / 07.03.2018
10389

Avtomobilga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, mashinani olib qochganlar qo‘lga olindi

Foto: Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 4 mart kuni soat 15.20larda  ikki noma'lum shaxs, TXAY ko‘chasida joylashgan “Toshkent savdo majmuasi” oldida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida yashovchi B.K. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasiga o‘tirib, B.K.ga tan jarohati yetkazib, uni avtomashinadan tushirib yuborib, avtomashinani haydab qochganlar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Avtomashinada B.K.ga tegishli fuqarolik pasporti, avtomashina hujjatlari, pullari va “Samsung” mobil telefoni bo‘lgan. Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Chilonzor tumani Guliston dahasi hududidan topilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Sergeli tumani Choshtepa ko‘chasi 5/1-uyda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1991 yilda tug‘ilgan Sh.X. va O‘zar 2-berk ko‘chasida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan M.M. hamda 2-daha 3-uyda yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan D.Q.lar sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olinganlar.

Top