Jahon | 22:00 / 07.03.2018
6418
1 daqiqa o‘qiladi

Chechenistonda vertolyot quladi. 6 kishi halok bo‘ldi

Foto: © RIA Novosti

Chechenistonda Mi-8 vertolyoti halokatga uchradi, uning bortida 7 kishi bo‘lgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, bir kishi og‘ir darajada jarohat olgan.

Vertolyot chegara xizmatiga tegishli bo‘lgan, u tog‘li hududda, daralar orasida qulagan.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ma'lum qilishicha, bu hududda bu vaqtda noqulay ob-havo sharoiti hukmron edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid