Jamiyat | 15:00 / 07.03.2018
12910
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda ikki ayol kishi chaqaloqni 3 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi

Foto: disabilitycanhappen

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Qarshi tumanida 4 mart kuni soat 10.30larda Dasht mahallasida yashovchilar, 1985 yilda tug‘ilgan M.A. va 1999 yilda tug‘ilgan Z.M. shu yil 25 fevral kuni Nishon tumani Paxtakor MFYda yashovchi qarindoshi N.Q.ning dunyoga keltirgan o‘g‘il bola chaqalog‘ini Quyi Beshkent MFY hududida joylashgan “Sher” nomli choyxonada fuqaro S.B.ga 3.000.000 so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid