Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiya Venesuela bilan chegarasini vaqtinchalik yopishini e'lon qildi
Kolumbiya hukumati mamlakatda parlament saylovlari o‘tkazilishi munosabati bilan 8 martdan 11 martgacha Venesuela bilan chegarasi yopilishini e'lon qildi. Bu haqda Kolumbiya ichki ishlar vaziri Gilermo Rivera ma'lum qildi.
Kolumbiyada parlamentga saylovlar 11 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Ikki davlat o‘rtasidagi chegaraning uzunligi 2,22 ming kmni tashkil qiladi.
Ayni vaqtda Kolumbiyada 550 mingdan ko‘proq venesuelalik bor. Fevral boshida Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos chegarada xavfsizlik choralarini kuchaytirish va o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga uchragan Venesueladan keluvchilar soni keskin oshganiga javoban maxsus idoralararo guruh tashkil etishga ko‘rsatma bergan.
Mavzuga oid
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
08:28 / 02.07.2026