Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyaga yuborishni va'da qilgan firibgar ushlandi
Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va'da qilib, fuqarolarni aldagan firibgar qo‘lga olindi. Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining xabar qilishicha, Yuqorichirchiq tumanida yashovchi, muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan A.L. (keltirilgan ism-shariflar o‘zgartirilgan) avvalgi qilmishi tufayli javobgarlikka tortilganidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
U shu tumanda yashovchi fuqarolar, A.Ya. va A.O‘.ga Koreya Respublikasiga ishga yuborishga yordam berishni va'da qilib, ularning xar biridan 7.000.000 so‘mdan jami 14.000.000 so‘m pullarini qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.L.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
15:33 / 11.07.2026
G‘ijduvon hokimidan MSK raisigacha – kiberfiribgarlar kimlarni qanday chuv tushirgan?
10:20 / 11.07.2026
Qashqadaryoda firibgarlikda gumonlangan mutaxassis ushlandi
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
20:43 / 05.07.2026